Ukrainadagi uruşni töxtatişga erişiş uçun Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan töğridan töğri muzokaralarni boşlaşi kerak. Bu fikrni Avstriya federal kansleri Kristian Ştoker Table.Briefings platformasining podkastida bildirgan, podkast 15 fevral, yakşanba kuni e’lon qilingan.

“Öylaymanki, bizga Rossiya bilan aloqa kanallari kerak; muzokaralarsiz yeçim topolmaymiz”, — dedi u. Avstriya hukumati rahbarining aytişiça, u hali heç qaçon “boşida suhbat bölmagan joyda keyin yeçim çiqqanini körmagan”. Ştoker aniqlaştirişiça, bu Rossiya prezidenti bilan muzokaralarga ham tegişli: “Oxir-oqibat bu Putinning öziga ham taalluqli, çunki qarorni u qabul qiladi”.

Avvalroq YeIning Ukraina böyiça Rossiya bilan muzokaralarda iştirok etişini boşqa yevropalik yetakçilar ham qöllab-quvvatlagan. Ular orasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya boş vaziri Jorja Meloni, Çexiya boş vaziri Andrey Babiş va boşqalar bor.

Makron 13 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina böyiça muzokaralar haqida gapirar ekan, yevropaliklar “munozarada iştirok etişi” şartligini aytgan. U Rossiya bilan “şaffof aloqa kanalini qayta tiklaş” istagini bildirgan.

Babiş 7 fevral kuni “endi yevropalik yetakçilar Yevropa Putin bilan ham muzokara qilişi kerak, deb gapira boşladi”, deb ta’kidlagan. “Axir oldin Viktor Orban Zelenskiyni ham, Putinni ham oldiga borganida, hammasi buni qoralagan edi”, — deb eslatgan u. Babiş fikriça, Ukraina böyiça muzokaralarda hal qiluvçi rolni AQŞ prezidenti Donald Tramp öynaydi va “Trampsiz Yevropa eplay olmaydi”.

YeIning Kreml bilan muloqotni qayta jonlantiriş va Ukraina böyiça muzokaralarda yevropaliklarning iştirokini ta’minlaş uçun maxsus vakil tayinlaş ğoyasini Latviya boş vaziri Evika Silinya hamda Estoniya prezidenti Alar Karis ham qöllab-quvvatladi. Ular 4 fevral kuni Euronews telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bilan diplomatik kanallarni qayta tiklaş zarurligini aytgan: bu — hozir Ukraina, Rossiya va AQŞ delegatsiyalari iştirokida ketayotgan muzokaralar stolida öz ovoziga ega böliş uçun kerak.

Germaniya kansleri Fridrix Mers 2025 yil yozidayoq Putin bilan suhbatlardan tiyilişini va’da qilgan, çunki öşa paytdagi bahosiga köra, Ukrainadagi uruş masalasida “diplomatiya imkoniyatlari tugagan” edi. 6 fevral kuni kansler yana bir bor esga solişiça, Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning Moskvaga safarlaridan biridan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga ommaviy hujum uyuştirgan.