Xitoydan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi hisoblagichlarning noqonuniy olib kirilishi fosh qilindi
Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikaga yirik miqdordagi tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
“Yallama” chegara bojxona postida qo‘shni davlat fuqarosi A.T. boshqaruvida kirib kelgan yuk avtomashinasi inspektsion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, avtomashinaga ortilgan yuklar bilan yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma'lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi.
Xolislar ishtirokida avtomashinadagi yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida esa shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi. Hujjatlarga ko‘ra yuk mashinasiga Xitoydan keltirilgan 3 ming 700 AQSh dollari qiymatidagi 25 tonnadan ortiq tovar-moddiy boyliklar ortilgan bo‘lishi lozim edi.
Ammo, ko‘rik davomida avtomashinada hujjatlarda umuman qayd etilmagan 4800 dona parda bezaklari va 1200 dona elektr hisoblagichlar mavjudligi aniqlandi.
Baholash bo‘yicha ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, yuqoridagi holatda olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 537 mln. 600 ming so‘mni tashkil qildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:49 / 23.11.2023
Yer osti suvlaridan “hisoblagich” bilan foydalanish. Yangi tartib qanday va kimlar uchun ishlaydi?
11:13 / 01.09.2023
1 yanvardan "schyotchiklarsiz" yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023