Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukrainaga qachon qaytishini ma'lum qildi
Foto: facebook/Mixail Saakashvili
Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukrainaning “Yangi kuchlari ruhi” harakati yetakchisi Mixail Saakashvili Ukrainaga amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoning vakolatlari muddati yakunlangandan keyin qaytishini ma'lum qildi.
Avvalroq Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingandi.
“Men Poroshenko ketishi bilanoq qaytaman va sud tizimi orqali o‘z fuqaroligimni tiklayman. Chunki unda menga nisbatan barcha narsa buzilgan, biroq men qonunni buzgan, masalan, mening imzoimni, anketamni qalbakilashtirgan, sudyalar va guvohlarni qo‘rqitganlar qonun bilan belgilangan tartibda javob berishiga erishaman. Axir, kimdir javob berishi kerak-ku. Albatta, men Ukrainaga qaytaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Saakashvili.
U, shuningdek, o‘z partiyasining parlament saylovlarida ishtirok etishini e'lon qilgan.
Ukrainada 2019 yil bahorida prezident, kuzida esa parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi kerak.
Mavzuga oid
13:27
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26 / 19.02.2026
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
09:45 / 19.02.2026