Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
1. 7-bandda:
o‘n yettinchi xatboshidagi «davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish» so‘zlari chiqarib tashlandi;
o‘n sakkizinchi xatboshidagi «bojxona brokerlari» so‘zlari chiqarib tashlandi;
2. 8-bandida:
yigirma birinchi xatboshidagi «, shuningdek davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarini» so‘zlari chiqarib tashlandi;
yigirma ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
«bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tanshcharida, bojxona hududida ishlov berish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona tashuvchilari faoliyatini amalga oshirish huquqiga ruxsatnoma beradi».
3. 9-bandning o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
«bojxona va erkin omborlarni, bojsiz savdo do‘konlarini ochish, bojxona tashuvchilari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar berish».
Mavzuga oid
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
09:10 / 12.02.2026
Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
14:00 / 29.01.2026