Jahon | 20:34 / 18.08.2018
12190
2 daqiqa o‘qiladi

Ganada Kofi Annan vafoti sababli bir haftalik motam e'lon qilindi 

Foto: EPA

Gana prezidenti Nana Akufo-Addo BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafoti sababli mamlakatda 20 avgustdan boshlab bir haftalik motam amal qilishini e'lon qildi.   

“Gana xalqi nomidan uning sevimli bevasi Neyna Mariya va sodiq farzandlari Ama, Koxa va Ninaga katta judolik sababli samimiy, chuqur ta'ziyamizni izhor etaman. Biroq menga uning rafiqasi Naynaning u boqiy dunyoga uyqusida ketgani haqidagi axboroti taskin bermoqda. 20 avgustdan boshlab bir hafta davomida mamlakatdagi va diplomatik missiyalardagi barcha bayroqlar tushirib qo‘yiladi”, deb aytilgan prezident xabarida.

Akufo-Addo o‘z nutqida Annanning Ganani rivojlantirishni o‘z yo‘nalishi g‘oyalariga sodiq bo‘lganini aytgan va marhumning mamlakatga mashhurlik keltirgan jahon maydonidagi faoliyatini ta'kidlab o‘tgan.

Annan 18 avgustda 80 yoshida vafot etdi. Annan BMT bosh kotibi lavozimini 1997 yil 1 yanvardan egallagan va 2001 yil 29 iyunda ikkinchi muddatga qayta saylangan. U bu lavozimni 2006 yil 31 dekabrda tark etgan.

Annan BMT bosh kotibi bo‘lgan Afrikaning qora tanli aholisining ilk vakili hisoblanadi. 2001 yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid