Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘zini IIBB xodimi deb tanishtirgan shaxs firibgarlikda gumon qilinmoqda
Ichki ishlar organlariga Ravshan degan shaxs odamlarga o‘zini IIBB xodimi sifatida tanishtirib, Sergeli tumanidan imtiyozli kredit evaziga uy olishga yordam berishini taklif qilayotgani haqida xabar kelib tushdi, deya xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan holat yuzasidan tezkor chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi va qisqa fursatda gumondor shaxs qo‘lga olindi. U hech qayerda ishlamaydigan, asli xorazmlik bo‘lgan 33 yoshli M.Ravshan bo‘lib chiqdi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov jarayonida ushbu shaxsning shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganiladi, shuningdek jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan sabab va omillar tahlil qilinadi.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026