Jahon | 23:59 / 18.08.2018
19388
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 32 ta mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi 

Foto: IHA

Turkiyada 32 ta avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jiddiy jarohatlar oldi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi Turkiya shimolidagi Eskishahar-Bursa trassasida sodir bo‘lgan. Bir yuk mashinasi, ikkita yo‘lovchi avtobusi, ikkita mikroavtobus va 27 ta yengil mashina o‘zaro to‘qnashib ketgan. 

Voqeaga yuk mashinasidan yo‘lga oqqan yoqilg‘i sabab bo‘lgan. Politsiya ushbu mashina va uning haydovchisini qidirmoqda.

Barcha jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, o‘nlab odam voqea joyida birinchi tibbiy yordam olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid