Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazirlarni parodiya qiluvchi komik o‘zi bosh vazirga aylandi
Foto: / AP
Sloveniyaning yangi bosh vaziri sobiq komik Maryan Sharets bo‘ldi.
40 yoshli siyosatchi Sloveniya tarixidagi eng yosh bosh vazirga aylandi. Uning nomzodi uchun parlamentning 55 a'zosi ovoz bergan, 31 nafari qarshi chiqqan.
Sharets siyosat bilan 8 yildan beri shug‘ullanadi, biroq u birinchi navbatda komik va hajvchi sifatida tanilgan. U ko‘plab mashhur odamlarni, jumladan, Sloveniyaning sobiq bosh vazirlari Yanez Yansha va Andrey Bayukni parodiya qilgan.
Sharets siyosatga kelishdan avval, shuningdek, jurnalist va muharrir bo‘lib ishlagan. 2017 yilda prezident saylovlarida Sloveniyaning amaldagi prezidenti Borut Paxorga 2-turda yutqazib qo‘ygan.
Mavzuga oid
12:53 / 23.03.2026
Sloveniyada liberallar konservatorlarni minimal ustunlik bilan ortda qoldirdi
10:21 / 21.11.2025
Sloveniyada energetika bo‘yicha O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar rejalashtirilmoqda
23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
13:06 / 18.07.2025