16 iyul kuni Haagada joylaşgan Xalqaro jinoiy sud sudyalari Binyamin Netanyahu va Yoav Gallantga çiqarilgan hibsga oliş orderlarini bekor qiliş haqidagi Isroilning sörovini rad etdi.

Reuters naşrining sud qaroriga tayanib yozişiça, sud Isroilning Falastin hududlarida sodir etilgan ehtimoliy jinoyatlar böyiça kengroq tergovni töxtatib turiş haqidagi talabini ham rad etdi.

Xalqaro jinoiy sud 2023 yil 21 noyabr kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu, sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallant va HAMAS yetakçisi Ibrohim al-Masriga (ya’ni Muhammad Deyf) nisbatan uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar yuzasidan hibsga oliş orderlari çiqargan edi.

Foto: Pool

2024 yil fevral oyida Muhammad Deyf halok bölgani haqidagi işonçli xabarlardan söng unga nisbatan hibsga oliş orderi bekor qilingan.

Ayni vaqtda Isroil Haagadagi sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi va Ğazodagi uruş jinoyatlari, xususan, genotsid sodir etayotganini rad qiladi. Şuningdek, rasmiy Tel-Aviv Netanyahu va Gallantga nisbatan çiqarilgan orderlarga qarşi da’vo kötargan.

«Isroil apellyatsiya palatasining aprel oyida çiqarilgan qaroriga tayanib XJS sudining yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirdi hamda orderlarni asossiz deb hisoblayapti. Ammo sudyalar bu dalilni notöğri deb topdi. Ular yurisdiksiya böyiça qaror hali çiqarilmagani bois orderlar öz kuçida qolişini ma’lum qildi», deyiladi xabarda.

Mazkur iş böyiça yurisdiksiya masalasida qaçon qaror çiqişi noma’lum.

Avvalroq AQŞ XJS tomonidan Netanyahuga order çiqarilgani ortidan Xalqaro jinoiy sudning tört nafar sudyasiga hamda uşbu sudning prokurori Karim Xonga nisbatan sanksiyalar joriy qilgandi.