Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochiqlik uchun to‘lov. Ilon Mask ko‘nglini jurnalistlarga ochmoqda, Tesla aksiyalari esa pasaymoqda
MARK BRAKE/GETTY IMAGES
Tesla innovatsion elektromobillar ishlab chiqaruvchisining aksiyalari qariyb 9 foizga, ikki yil ichidagi rekord darajada pastlagan — bu voqea Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning intervyusi New York Times gazetasida chop etilgach ro‘y bergani ahamiyatlidir.
Ochiq va o‘ta shaxsiy intervyudan ayrimlar ishbilarmonning o‘zi ham, uning kompaniyasi ham juda ayanchli ahvolda ekan, deb xulosa chiqargan, deya yozmoqda BBC.
Mask o‘z intervyusida keyingi paytlar haftasiga 120 soat ishlayotgani, 2001 yildan buyon bir haftadan ziyod ta'tilga chiqmaganiga iqror bo‘lgan.
«Zavodni uch-to‘rt kunlab tark etmagan chog‘larim bo‘ldi, bunda hattoki tashqariga ham chiqmaganman», — degan ishbilarmon.
Ushbu ishbilarmon o‘zining so‘nggi tug‘ilgan kunini ham ishxonasida, do‘stlari va yaqinlarisiz o‘tkazgan. Intervyu chog‘ida Maskni tashvish chulg‘ab, u bir necha bor jimib qolgan.
New York Times gazetasi xabariga ko‘ra, Maskning atrofidagilar uni sedativ vositalar iste'mol qilayotganidan tashvishlanmoqda. Uning o‘zi ham nashrga ko‘pincha yo tunni bedor o‘tkazish yoki hab dori ichishi kerakligini tanlashga majbur bo‘layotgani haqida so‘zlab bergan.
Mavzuga oid
13:58 / 03.01.2026
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025