O‘zbekiston | 15:40 / 19.08.2018
16758
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston vakillari Moskvada «Tolibon» harakati bilan muhokamaga qo‘shilishi mumkin

Foto: REUTERS

«Tolibon» harakatining Qatardagi rasmiy vakolatxonasi vakillari joriy yil 4 sentabr kuni Moskvaga tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Qobuldagi anonim manbaning axborotiga ko‘ra, vakolatxona boshlig‘i Muhammad Abbos Stanikzayning Moskva tashrifi tasdiqlangan. Tashkil etilayotgan sammitda Rossiya vakillaridan tashqari, Xitoy, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. 

Uchrashuvda Afg‘oniston masalasi atroflicha ko‘rib chiqilishi aytilmoqda. 16 iyul kuni Putinning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov kutilayotgan sammitga qadar harakat vakillari Moskvaga taklif etilishi haqida aytgandi.

Ikki hafta avval Toshkentga tashrif buyurgan harakat vakillari hanuzgacha uchrashuv natijalari bo‘yicha izoh bermadi. Shundan so‘ng,  «Tolibon» rasmiylari Indoneziyaga jo‘nab ketgandi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid