Jahon | 00:32 / 20.08.2018
6270
2 daqiqa o‘qiladi

Falastinliklar Isroil tomonidan 8 yil ushlab turilgan pochta jo‘natmalarini olishadi

Foto: REUTERS/Mohamad Torokman

Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi falastinliklar Isroil tomonidan oxirgi 8 yil ichida ushlab turilgan 10 tonnadan ko‘proq pochta jo‘natmalarini olishadi. Bu haqda “Falastin pochtasi” ma'lum qilgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, pochta ishchilari bir necha kundan beri Iyerixon shahrida yuzlab qoplardagi jo‘natmalarni saralash bilan shug‘ullanishmoqda. Bu qoplarda Iordaniyadan olib kirilgan maktublar va jo‘natmalar bor. Pochtada ta'kidlanishicha, shaharda jo‘natmalarni belgilangan joyga iloji boricha tezroq yetkazuvchi guruhlar shakllantirilgan. Jo‘natmalar orasida nogironlar aravachalari va o‘yinchoqlar bor.

Falastinda ta'kidlanishicha, 10,5 tonnalik jo‘natmalar Isroil 2010 yilda g‘arbiy sohildagi Falastin muxtoriyatiga jo‘natmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishni taqiqlagandan keyin Iordaniyada saqlanib turgan. Falastin va G‘azo sektoridan jo‘natilgan pochta xavfsizlikka tekshirilgandan keyin Iordaniya orqali o‘tgan. 

Isroilning aytishicha, Falastinga ushlab turilgan pochtaning yetkazilishi yagona holat hisoblanadi. Isroil hukumatining ta'kidlashicha, hozirda 2016 yilgi kelishuv ustida ishlanmoqda. Bu kelishuv xorijiy pochtaning Falastinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborilishi imkonini beradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid