Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston yangi bomba va raketani sinovdan o‘tkazdi
Foto: theweek.in
Hindiston boshqariluvchi SAAW bombasi va tanklarga qarshi boshqariluvchi HELINA raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda The Times of India nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, SAAW bombasi va HELINA raketasi Rajaston shtatidagi poligonlarda sinovdan o‘tkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, bomba belgilangan nishonni aniq mo‘ljalga olib, uni yo‘q qilgan. Vertolyotdan otilgan HELINA raketasi ham nishonga aniq tekkan.
SAAW (Smart Anti Airfield Weapon) bombasi dushmanning uchish-qo‘nish polosalari va infratuzilmasi, bunkerlar va boshqa obektlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bomba bo‘lib, u samolyotdan tashlanadi.
HELINA (Helicopter-launched Nag) – Nag tanklarga qarshi raketasining vertolyotdan otishga mo‘ljallangan varianti hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2026
Eronning 70 foiz raketa arsenali saqlanib qolgan - NYT
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026