O‘zbekiston | 13:58 / 20.08.2018
2971
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi chorshanbani «Tadbirkor va investor kuni» deb e'lon qildi 

Foto: Depositphotos

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan tadbirkor va investorlarga yangi imkoniyat hamda istiqbollar yaratish, ular bilan yangi innovatsion g‘oyalar ishlab chiqish, eksportni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida investorlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, haftaning xar chorshanba kuni «Tadbirkor va investor kuni» deb e'lon qilindi

Uchrashuv doirasida:

- mahsulot ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalarning mavjud muammo va takliflari;
- hududiy va xorijiy investorlarning loyiha taqdimotlari;
- intellektual salohiyatli yoshlarning innovatsion biznes loyihalari asosidagi taqdimotlari;
- Toshkent shahrining o‘ziga xosligini tasvirlab beruvchi, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga qaratilgan turli sohadagi innovatsion takliflari o‘rganiladi va amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

«Tadbirkor va investor kuni» investorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvga loyiha taklifini tuman hokimi va uning tasarrufidagi mutasaddi idora vakillari bilan batafsil muhokama qilish uchun manfaatdor tadbirkor hamda investorlar taklif etilgan.

Ishtirok etish uchun majburiy shartlar - ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishi, yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) hamda loyiha taklifining (planshet) mavjudligi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid