Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Yevroittifoq parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2018 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa parlamentidagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining germaniyalik a'zolari delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida «O‘zbekiston - YeI» shaklidagi hamkorlikning ijobiy rivojlanishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining parlamentlari tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faqatgina so‘nggi bir yil davomida YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurdi va mamlakat rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Boshqa sohalar, jumladan ishbilarmon doiralari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta'lim, madaniyat va san'at sohalari vakillari o‘rtasidagi aloqalar ham sezilarli faollashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha aniq takliflar berildi, shuningdek, qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026