Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Yevropa parlamenti a'zolari bilan uchrashdi
21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa parlamentidagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining germaniyalik a'zolari delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqida TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida «O‘zbekiston - YeI» shaklidagi hamkorlikning ijobiy rivojlanishi nuqtai nazaridan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining parlamentlari tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
So‘nggi bir yilning o‘zida YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini O‘zbekistonga ikki marta tashrib buyurdi va mamlakatimiz rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Boshqa sohalar, jumladan ishbilarmon doiralari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta'lim, madaniyat va san'at sohalari vakillari o‘rtasidagi aloqalar ham sezilarli faollashdi.
Manbaga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha aniq takliflar berilgan, shuningdek, qo‘shma kun tartibidagi boshqa masalalar, xalqaro va mintaqaviy muammlolar yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
09:31 / 14.02.2026
Makron YeI xavfsizlik siyosatini tubdan o‘zgartirishga chaqirdi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
10:40 / 09.02.2026
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
20:49 / 02.02.2026