Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ta xavfli retsidivist yana jinoyatga qo‘l urdi
2018 yilning iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sudlanuvchi Maxkamov Jamshid Xashimjonovichga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
J.Maxkamov joriy yilning 1 aprel kuni soat taxminan 06:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani M.Yusuf ko‘chasida joylashgan “Abror” kafesida ushbu kafe qorovuli Q.Nadjabov bilan janjallashib qolib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazadi. Natijada jabrlanuvchining qorin sohasiga stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan bir marta sanchib olib, unga tan jarohati yetkazgan.
Sud J.Maxkamovga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “v” bandida (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va shu moddaga asosan unga nisbatan JKning 57-moddasini (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqli ekanligi tushuntirildi.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026