Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Shokin: «Asosiy maqsad - Olimpiya o‘yinlari medali»
Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining taekvondo bahslarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Dmitriy Shokin Kun.uz muxbiriga intervyu berdi.

“Kecha kayfiyat ozgina tushib ketgandi. Ammo, Nikita Rafalovich barchamizning kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi. 1ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza bu nafaqat bizning, balki murabbiylarimizning, Prezidentimiz, Taekvondo assotsiatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyatining xizmatlari. Bugungi kunda sportga berilayotgan e'tibor uchun rahmat deyman.

O‘ylashimcha, bu chegara emas. Taekvondo rivojlanmoqda, kelasi o‘yinlarda yanada ko‘proq oltin medallarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilamiz. Mag‘lub bo‘lish og‘ir, biroq kecha bo‘lgan narsa bu kecha edi. Keyingi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rib, katta yutuqlarga erishishga urinamiz. Umuman olganda, Osiyo o‘yinlaridagi natijalarim yomon emas - 2ta kumush. Lekin, asosiy maqsad - Olimpiya o‘yinlari medali. Bunga ham harakat qilaman. Bu yilgi Osiyo o‘yinlari oson bo‘lmadi. Osiyoda taekvondo juda rivojlangan. Janubiy Koreya, Eronda o‘ta kuchli sportchilar bor”, - deya aytib o‘tdi Dmitriy Shokin.
Mavzuga oid
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
21:27 / 01.12.2025