Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda bojxonachilar oyoq kiyim qutisiga berkitilgan telefonlarni fosh etdi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Xovosobod” chegara-bojxona postida telefon apparatlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishning navbatdagi “usul”i fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, mazkur post orqali piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi L.Q.ga tegishi paketlar nazorat-rentgen apparati ko‘magida ko‘zdan kechirilganida, yuklarning ekrandagi shubhali tasviri bojxonachilarni sergak torttirgan.
Tekshiruv chog‘i yuklar orasida poyabzal qutilarida oyoq kiyimi emas, telefonlar yashirilgani aniqlandi. Bojxona xodimining og‘zaki savol-javobi vaqtida ma'lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 3 turdagi 45 dona telefonlar xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, sotish maqsadida olib kirilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Ushlab qolingan uyali telefonlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, “Xovosobod” chegara-bojxona posti xodimlari shaxsiy ehtiyoj uchun degan niqob ostida, aslida tijorat maqsadida televizorlarning olib kirilishiga doir qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi.
Post orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tomonidan ma'lum bir haq evaziga respublikamizga olib kirilayotgan televizorlar fuqaro Z.M.ning xonadoniga to‘plab borilayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davomida ushbu xonadonda jamlangan 3 turdagi 32 dona televizorlar avtomashinaga ortilayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi. Ushbu televizorlar qo‘shni davlat fuqarosi M.A.ga tegishli bo‘lib, ularning qiymati 24 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026