Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taekvondo. Nikita Rafalovich finalda
Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining taekvondo bahslarida Nikita Rafalovich finalga yo‘l oldi.
O‘zbekistonlik sportchi yarim finalda iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi jang qildi va 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Endi u Janubiy Koreya va Qozog‘iston vakillari o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Yunon-rum kurashchimiz Bilan Nalgiyev bronza medali uchun o‘tish jangida janubiy koreyalik Kim Xyon Voga to‘qnash keldi. Jang 0:0 hisobida yakunlandi. Biroq, koreyalik polvon faollik evaziga medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Jahongir Turdiyev mag‘lub bo‘lgan sportchi finalga yo‘l olgani sabab hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi. U o‘tish bahsida hindistonlik Xardip Xardipni 6:1 hisobida mag‘lub etdi va sovrinli o‘rinlar uchun da'vogarlardan biriga aylandi.
Velosportning guruh poygalarida 104 km masofaga startga chiqqan Rinata Baymetova 21 nafar sportchi ichida marraga 12-bo‘lib yetib keldi.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025