Sport | 10:32 / 22.08.2018
3934
1 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo. Toirov va Rafalovich chorak finalga chiqdi

Indoneziyada Osiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda.

Taekvondo bo‘yicha ikki nafar hamyurtimiz chorak finalga yo‘l oldi. Sardor Toirov Shri-Lanka terma jamoasi a'zosini 22:6, Nikita Rafalovich esa mo‘g‘ulistonlik sportchini 24:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Sardor Toirov
Sardor Toirov
Sardor Toirov
Nikita Rafalovich

 Akademik eshkak eshish bahslarida ishtirok etgan to‘rtligimiz marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘q otish bo‘yicha Kuznetsova va Mamedova saralash bosqichida ishtirok etishdi. Ular final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadilar.

Mavzuga oid