Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi «Ğallakon» MFY, Udamali qişloğidan Kun.uz tahririyatiga quyidagi mazmunda murojaat kelib tuşdi:

«Qişloğimizdagi 29-örta maktab holati qoniqarsiz ahvoldaligi uçun sizga yordam berişingiz uçun murojaat qilyapman. Maktab 10-12 yil oldin qayta qurilgan, lekin qiziği — u 7 ta öquv xonasiga ega, ularning ham biri kompyuter xonasi. Hozir maktablar 11 yillik bölgaç, köp noqulayliklar keltirib çiqmoqda. Sport zali bir neça yillar oldin xalq tomonidan haşar yöli bilan qurilgan, hozir avariya holatda bölganligi uçun işlamaydi. Ustaxona, ovqatlaniş xonalariyam xaroba ahvolda. Hozir maktab 11 yillik bölgaç, «Çaqiruvgaça yoşlarni tayyorlaş xonasi» talab qilinadi, lekin xona yöq. Sport jihozlarini qöyişga joy yöq. Iltimos, mazkur mavzu böyiça şu işga masul bölgan tuman xalq ta'limi bölimi vakillarini uyğotsangiz. Qişloqqa sport zali, qöşimça sinf xonalari, bolalar ovqatlaniş joylari qurib berilişida öz yordamingizni ayamasangiz».

Biz tahririyat topşiriği bilan Baxmal tumanidagi Udamali qişloğida joylaşgan 29-umumta'lim maktabini borib kördik. Aytiş joizki, qişloqni örtasidan Sangzor daryosi yorib ötadi. Qişloqning yarim bolasi narigi qirğoqdagi 28-maktabga borişar ekan.

Körinib turibdi, maktab binosi yangi, hali binoyidek, ta'til vaqtida ham yaxşi ta'mirlangan. Yangi öquv yilida öquvçilarni qabul qilişga taxt qilib qöyilgan. Tan oliş kerak, udamalilik pedagoglar borini avaylab, köz qoraçiğidek asrab yurişibdi.

Maktabga rasman dam oliş kuni deb e'lon qilingan 22 avgust kuni bordik, yoşlar ittifoqi yetakçisi Azam Yaxşiboyevning bir özi maktabda navbatçilik qilayotgan ekan. Biz direktor (Botir Döstbekov) ni qönğiroq qilib ham topa olmadik. Şundan söng ma'naviyat işlari böyiça direktori örinbosari Abdujalil Egamberdiyevdan maktabga oid ma'lumotlar oldik.

A.Egamberdiyevning hikoya qilib berişiça, mazkur maktabga 1974 yili 8 yillik maktab sifatida asos solingan. Köp binolar öşanda qişloq ahlining sa'y-harakatlari evaziga haşar yöli bilan solingan. 1980 yilda maktab 10 yillik maktabga aylantiriladi. Eski maktabda xonalar köp bölgan, hattoki darslar bir smenada taşkil etilgani eslab ötildi.