Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij yaqinida pichoq bilan hujum yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi
Parij yaqinidagi Trapda pichoq bilan qilingan hujum natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki shaxs og‘ir jarohatlandi. Bu haqda Reuters politsiyadagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan yo‘q qilingan. Voqeaning boshqa tafsilotlari hozircha berilmagan.
BFMTV ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs - 1982 yilda tug‘ilgan erkak bo‘lib, bir necha yil oldin terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblangan. Biroq, hujumga maishiy mojaro ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026