Prezidentning investitsiya muhitini yaxshilash haqidagi farmoni xorijda ham keng muhokama qilinmoqda
22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan brifing tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, ShHT Biznes klubi, Rossiya Federatsiyasining Tashqi ishlar vazirligi, Rossiya federatsiyasining Savdo-sanoat palatasi, Rossiya-O‘zbekiston biznes kengashi, Osiyo invest banki vakillari, shuningdek rossiyalik tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etdi.
«Ta'kidlash joizki, yil boshidan buyon mamlakatimizda Rossiya ishtirokidagi investitsiyalar hajmi 600 million dollardan oshdi hamda 100dan ortiq korxona ochildi. Brifingda Adliya vazirliginnig mas'ul vakillari ayni vaqtda O‘zbekistonga sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratilgani, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhiti tobora yaxshilanib borayotgani, iqtisodiyot jadal sur'atlar bilan rivojlanayotganini hamda o‘z biznesini yuritmoqchi bo‘lganlar uchun ancha soddalashtirilgan tartib joriy qilinganini qayd etishdi», deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Ma'ruzachilar qatnashchilarning e'tiborini tadbirkorlik va investitsiyalar sohasidagi o‘zgarishlarga qaratishgan. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi Farmoni bilan O‘zbekistonda investitsiyaviy muhitni tubdan yaxshilashga qaratilgan davlatga ishonchni himoya qilish tamoyili, yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishning aniq holatlarini, davlat organining qarorini faqatgina sud tartibida bekor qilish tartiblarini belgilanishi va boshqa yangiliklar brifing ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berilgan.
Shunngidek, brifingda mamlakatimizga to‘g‘ridan–to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan shart–sharoitlar haqidagi taqdimot namoyish etilgan. Ma'ruzadan so‘ng qizg‘in muhokamalar olib borilib, Rossiya federatsiyasining biznes vakillari O‘zbekistonda yaratilayotgan investitsiyaviy muhitga qiziqish bildirib, investitsiya sohasidagi qonunchilikka oid savollar bilan Adliya vazirligining mas'ul xodimlariga murojaat qilishib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha javoblar olishgan.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
18:54 / 25.10.2024