Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S-400 mashmashasi. AQSh yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi
AQSh Rossiyaning S-400 tizimlarini sotib oluvchi mamlakatlarga qarshi sanksiyalar joriy qilishga tayyor. Bu haqda brifing paytida jurnalistlarning savollariga javob bergan Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Noyyert ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, muammo shundan iboratki, Rossiyaning S-400 tizimlari NATO davlatlari foydalanadigan tizimlarga mos kelmaydi. «Biz dunyodagi barcha mamlakatlarga Qo‘shma Shtatlar tomonidan cheklovlarni joriy etishga nima olib kelishini ko‘rsatib qo‘ydik», - deya ta'kidlab o‘tdi Noyyert.
Avvalroq, 25 iyul kuni AQSh Kongressi Anqara Rossiyadan C-400 zenit-raketa majmualari sotib olishi tufayli Turkiyaga F-35 qiruvchilari yetkazib berilishini rasman taqiqlab qo‘ydi. Vakillar palatasi va senat 2019 yilgi AQSh mudofaa byudjyeti oxirgi variantiga tegishli o‘zgartirish kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiyaga S-400 qachondan yetkazib berilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026