Sport | 10:37 / 24.08.2018
16613
2 daqiqa o‘qiladi

UFC sobiq chempioni kutilmagan bayonot bilan chiqdi

Foto: REUTERS

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) sobiq chempioni Kodi Garbrandtning aytishicha, o‘smirlik davrida o‘z joniga qasd qilishga uringan.

27 yoshli sportchining tan olishicha, akasi uni o‘limdan qutqarib qolgan.

«Hayotimda taslim bo‘lishga tayyor turgan paytim bo‘lgan. Meni akam Zak qutqarib qolgan. O‘shanda o‘smir edim, o‘rta maktabni bitirayotgan yil edi. Men butun umrim davomida kurash bilan shug‘ullandim va jarohatdan keyin sportga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotib qo‘ydim, u bilan birga esa, yashashga bo‘lgan intilish ham yo‘qoldi. Men yomon odamlar bilan bog‘lanib qoldim, giyohvand moddalarni iste'mol qila boshladim, hech narsani o‘ylamasdim, bularning bari hayotimni deyarli so‘ndirib qo‘ygandi. Men yo‘lim tugayotganini his qilib turardim.

Qandaydir vaqt davomida o‘zimga keldim. Lekin keyin tushkunlik paydo bo‘ldi, ongimni haqiqiy zulmat qamrab oldi va bir kuni o‘zimni osib qo‘yishimga bir baxya qoldi. Akam vaqtida kirib qolib, hayotimni saqlab qoldi. U portlab ketib, meni quchoqlab qoldi, yonimda o‘tirdi, biz birga yig‘lay boshladik va u menga hamma narsa yaxshi bo‘lishiga ishontirdi. Shundan keyin o‘zgardim va hayotim ham o‘zgarib ketdi. O‘shanda yuz bergan voqea bizni yanada yaqinlashtirdi. O‘shandan boshlab Yaratganga bo‘lgan ishonchim ortib bora boshladi», - deya uning so‘zlarini keltiradi MMAjunkie.

Aralash yakkakurashlarda Garbrandt 13ta jang o‘tkazib, ularning 11tasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahon chempioni Nurmagomedov - Makgregor jangida kim g‘alaba qozonishini taxmin qilgandi. 

Mavzuga oid