Boks böyiça yengil vazn toifasida jahon çempioni Mayki Garsiya Mutlaq jangçilar çempionatida rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor örtasida bölib ötişi rejalaştirilgan jang haqida öz fikrini bildirdi.

Garsiyaning fikriga köra, taşkilotning hozirgi çempioni jangda favorit sanaladi.

«Oçiğini aytadigan bölsam, men Habib iştirokidagi barça janglarni körmaganman, biroq, körgan narsalarimga qaraganda, u Makgregorni mağlub etadi. U işonçli ğalaba qozonadi. UFC 229 musobaqasiga boramanmi? Ehtimol. Mening jiyanim uşbu turnirga borişni istaydi», - deya uning sözlarini keltiradi FightHype.

Makgregor - Nurmagomedov jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq UFC prezidenti Makgregor-Nurmagomedov jangi böyiça yangi tafsilotlarni ma'lum qilgandi.