Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dunyoning yetakchi davlatlari bilan innovatsion forum tashkil qiladi. Ilk qadam qo‘yildi
O‘zbekiston va Hindiston ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda olimlar, ishbilarmonlar hamda investorlarni birlashtiradigan qo‘shma platformani yaratishga qaror qildi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Hindistonda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, muzokaralar ushbu mamlakat Kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vazirligida bo‘lib o‘tdi.
«Tashrif yakunlari bo‘yicha hind tomoni bilan Hindiston davlat va biznes sektori, ilm-fan hamda ishlab chiqarish sohasi vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Hindiston innovatsion forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Uni har ikki tomon olimlari, ishbilarmonlari, sarmoyadorlari, novatorlari va innovatsion g‘oyalarini birlashtiradigan yagona platforma shaklida tashkil etish rejalashtirilgan», - deya xabar berdi O‘zbekiston idorasi vakili.
Forum ishbilarmonlar va investorlarga istiqbolli innovatsion g‘oyalarni tanlash hamda ularga investitsiya kiritish imkonini beradi. Hind tomoni kelgusida forum o‘zbek-hind innovatsion fondiga aylanishi mumkinligini taklif qildi.
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligidan ta'kidlashlaricha, dunyoning boshqa yetakchi davlatlari bilan ham shunga o‘xshash platformani yaratish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026