Sport | 00:24 / 24.08.2018
20212
4 daqiqa o‘qiladi

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari musobaqalarida 24 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz ro‘yxati

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 24 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida hamyurtlarimiz 10 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.

Jui-jitsu. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00

  • D.Ro‘ziyev, A.Amirov 56 kg. Saralashdan – finalgacha;
  • X.Mo‘minov, A.Bozorov. 69 kg. Saralashdan – finalgacha;

Golf. 04:00 – 16:00

  • K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy 2-bosqich

Og‘ir atlektika. 15:00 – 17:00

  • S.O‘sarov. 85 kg.

Sport gimnastikasi. 15:30 – 16:30

  • A.Fokin. Brus
  • R.Abdurahimov. Yakkalik final

Penchak silat.

  • M.Rabbimova. -55 kg
  • A.Salimov. -65 kg

Velosport shosse. 12:00

  • M.Xolmuratov. Yakka shosse

Akademik eshkak eshish.

  • Sh.Xolmirzayev. Yakkalik. Final. 07:20
  • A.Yarov, D.Bahriyev, I.Mambetnazarov, D.Xursanov, Sh.Najmiyev, O. Rahimov, Sh.Hakimov, Z.Usmonov, A.Krasnov. Sakkiztalik. LM8 × 2000 m. Final. 07:00 – 12:00
  • U.Davronov, F.Astanov, A.Muhamadiyev, Sh.Abdujabborov. To‘rttalik M4 × 2000 m. Final. 07:00 – 12:00

Tennis. 08:00

  • D.Istomin. Yakkalik. Yarimfinal

Boks

  • B.Baturov. 69 kg. 1/16 final. 16:00
  • Yo.Mirzayeva. 57 kg. 1/16 final. 12:00

Suzish. 08:30 – 09:00

  • V.Mustafin. 50 m. Bras usulida. Saralashdan finalgacha.
  • Estafeta. 4 × 100 m. Saralashdan finalgacha.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan beshinchi kungi musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Akademik eshkak eshuvchilar juftlik bahslarida Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov o‘z chiqishlarida marraga birinchi bo‘lib yetib borishdi va oltin medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

So‘ngra Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyevdan tashkil topgan boshqa bir juftlik medallar uchun startga chiqishdi va ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

To‘rtlik bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari esa (Islambek Mambetnazarov, Otamurod Rahimov, Shehroz Hakimov, Zafar Usmonov) bronza medalini sport delegatsiyamizga taqdim etishdi.

Taekvondo bo‘yicha -49kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan 17 yoshli Madinabonu Mannopova hal qiluvchi bahsda esa tailandlik Panipak Vongpattanakitga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal sohibasiga aylandi.

Sport gimnastikasida afsonaviy sportchi, 43 yoshli Oksana Chusovitina o‘zining sevimli uslubi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida ishtirok etdi va yakunda ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir muhim g‘alaba futbolchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritirildi. Nimchorak finalda ular Hongkong olimpiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi. Gollarga Ikrom Aliboyev, Javohir Siddiqov va Zabihillo O‘rinboyev mualliflik qilishdi.

Beshinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobida 19ta medal mavjud. O‘zbekiston delegatsiyasi 4ta oltin, 8ta kumush va 7ta bronza medallari bilan umumiy reytingda to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid