Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning Shimoliy Koreya bo‘yicha ayblovlarini rad etdi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya bo‘yicha AQShning izohiga munosabat bildirdi. Prezident Donald Tramp Xitoyni yadrosizlantirish muzokaralarida sust harakat qilganlikda aybladi.
Vazirlik bayonotida bu hodisa AQSh rasmiylariga “qat'iy vakolatlar”ni taqdim etgani va Koreya yarimorolida yadrosizlantirish harakatini jadallashtirgani aytilmoqda.
Shimoliy Koreyaning yadroviy qurol taraqqiyotiga barham berish uchun Tramp iyun oyida Singapurda Kim Chen In bilan tarixiy uchrashuvni amalga oshirgandi. Lekin Koreyani qanday va qachon yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish masalasi ochiqligicha qoldi.
Shimoliy Koreya yarimorolini yadrodan ozod qilishda AQShni bir tomonlama yondashuvda ayblagan. Shimoliy Koreya AQShdan iqtisodiy sanksiyani yengillashtirishni va 1950-1953 yilgi Koreya urushini rasman to‘xtatish haqida qaror qabul qilishni talab qilmoqda.
AQSh davlat kotibi Pompeo va boshqa rasmiylar iqtisodiy sanksiyani yengillashtirish chorasini ko‘rishga rozi bo‘lishdi, ammo qanday harakatlarni amalga oshirishlari haqida ma'lumot berishmadi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026