Jamiyat | 23:48 / 25.08.2018
36328
2 daqiqa o‘qiladi

Pop tumanidagi g‘o‘za dalalaridan lavhalar: mutasaddi tashkilotlar javobini kutamiz

O‘zbekistonda g‘o‘za o‘sishi bir necha kunga ortda qolayotgani hukumat darajasida e'tirof etildi va bu borada tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qolaversa, davlat va hukumat rahbariyati g‘o‘zani parvarishlash bo‘yicha zarbdor 40 kunlik e'lon qildi.

Biroq respublikaning barcha qishloq tumanlarida ham bu boradagi ishlar ko‘ngildagidek emas, deb xabar beradi KUN.UZ’ning Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lgan muxbiri.

Masalan, Namanganning Pop tumanida bu boradagi ishlar ko‘ngildagidek emas.

Ayrim fermerlardan olib boshqalarga berilgan dalalarga ekilgan g‘o‘za yovvoyi o‘t ichida qolgan.

Chigitlar to‘liq unib chiqmagan. Bu yerlardan kutilganidek, paxta hosili olinishi dargumon.

Bundan tashqari, ayrim dalalardagi g‘o‘za sug‘orilishiga yangi fermerlar mas'uliyatsizlarcha yondashgani oqibatida go‘yoki sholipoyani eslatadi.

KUN.UZ tahririyati bu masalada tuman mutasaddilaridan javob kutadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid