Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari musobaqalarida 25 avgust kuni qatnashuvchi sportchilarimiz ro‘yxati
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 25 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 13 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 5 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.
Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.
Yengil atletika.
- A.Petrov. Marafon. 42 km. 04:00
- N.Sharipova. 100 m.ga yugurish. 1-bosqich. 17:36
- D.Melsitov. Balandlikka sakrash. Saralash. 08:30
- S.Hamidova. 10.000 m.ga yugurish. 18:00
Golf. 04:00 – 16:00
- K.Kubanaliyev, S.Chen, R.Ten, Ye.Li. Jamoaviy 3-bosqich
Karate. WKF 12:00 – 13:00, 15:00 – 16:00
- A.Ahmedova. 68 kg. Saralashdan – finalgacha
Jiu-jitsu. 07:00 – 10:30, 13:00 – 15:00
- J.Mirahmedov, R.Subhonov. 62 kg. Saralashdan – finalgacha
- I.Jo‘rayev. 94 kg. Saralashdan – finalgacha
Tennis. 10:00
- Denis Istomin. Yakkalik. Final
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan beshinchi kungi musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Akademik eshkak eshuvchilar sakkiztalik bahslarida startga chiqqan sportchilarimiz (A.Yarov, D.Bahriyev, I.Mambetnazarov, D.Xursanov, Sh.Najmiyev, O. Rahimov, Sh.Hakimov, Z.Usmonov, A.Krasnov) marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi.
Velosportchi Murodjon Xolmurodov finalda 40 km masofani 57:10.52 daqiqada bosib o‘tdi va 16 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etdi.
O‘zbekiston tennis jamoasi yetakchisi Denis Istomin Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘l oldi. U yarim finalda hindistonlik Gunnesvaran Prayneshni 2 set davom etgan bahsda 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lub etdi.
Penchak Silat bo‘yicha -65 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abdumalik Salimov ilk jangida eronlik Muhammad Rahimbalani 3:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi. U yarim final jangini 26 avgust kuni indoneziyalik Pratama Iqbol Sandraga qarshi o‘tkazadi.
Oltinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi medallarining umumiy soni 21taga yetdi. Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar umumiy reytingda 4 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025