Osiyo o‘yinlarida 27 avgust kuni qatnashuvchi O‘zbekiston sportchilari ro‘yxati
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 27 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 21 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi bo‘yicha, shuningdek, futbol terma jamoamiz chorak finalda Janubiy Koreyalik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishadi.
Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.
Sinxron suzish
- A.Yeltasheva, N.Shomirzayeva. Saralash. 08:00 – 09:00
Futbol.
- O‘zbekiston – Janubiy Koreya. 1/4 final. 14:00
Yengil atletika.
- D.Melsitov. Balandlikka sakrash. Final. 17:00
- X.Ahmadaliyev. 800 m.ga yugurish. Saralash. 08:30. Final. 18:05
Karate. WKF
- D.Annadurdiyeva. 68 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 11:00
- D.Otabolayev. 75 kg. Saralashdan – finalgacha. 08:30 – 11:00
- Sh.Ahadov. 84 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 16:00
- B.Boboyeva. 50 kg. Saralashdan – finalgacha. 13:30 – 16:00
Og‘ir atletika
- Ruslan Jangabayev. 105+ kg. «A» guruh. Final. 15:00 – 17:00
Badiiy gimnastika. 04:00 – 16:00
- Sabina Toshkenboyeva, Nurinisso Usmonova, Dildora Rahmatova, Asal Ikromova. Yakka (saralash), jamoaviy (final). 10:00, 13:00, 16:00
Ot sporti
- G‘.Nazarov, N.Tuyakboyev, U.Komilov, O.Sobirjonov. Yakka (saralash), jamoaviy (final). 06:00 – 08:00
Boks
- Hasanboy Do‘smatov. 46-49 kg. Saralash. 11:00
- Iqboljon Xoldarov. 64 kg. Saralash. 13:30
- M.Mirzaxalilov. 56 kg. Saralash. 17:30
- Isroil Madrimov. 75 kg. Saralash. 19:45
Osiyo o‘yinlarining sakkizinchi kungi bahslaridan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 28taga yetgan - 6 oltin, 11 kumush va 11 bronza. O‘zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o‘rinda qolmoqda.
Mavzuga oid
17:26
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024