Foto: Pixabay

Bugun kimni gamburger yoki burger bilan lol qoldiriş mumkin? Bunday odam Yer yuzida topilmasa kerak. Biroq kulinariyaning bu ijod mahsuli qayerdan kelib çiqdi? Tez tayyorlanadigan yeguliklar tarixi bilan taniş bölganlar uçun gamburger – burger turlaridan biri ekani yangilik emas.

Aniqlanişiça, nafaqat Amerika, balki dunyo fastfudi qiroli – burgerning tarixi çalkaş. Kulçalar örtasiga solingan kotletlardan iborat buterbrod paydo bölişiga amerikalik, nemis va boşqa xalqlar öz hissalarini qöşişni istaşgan.

Aslida yegulikni tez va qulay hazm qilişni kim öylab topdi? Bifşteksni yölda ketayotib yeyiş yeçimi qanday paydo böldi?

Foto: Pixabay

«Gamburger» nomidan boşlaymiz. Bu söz Gamburg nemis şahriga öxşab talaffuz etilişini rad etişdan ma'no yöq. Kulinar faoliyat tarixçilarining fikriga köra, bu taomning retsepti Amerikaga germaniyalik emigrantlar bilan kirib kelgan: Yevropaning bu mamlakatida ança vaqt oldin qovurilgan göşt nonning orasida tortilişni boşlagan.

Boşqaça fikr ham mavjud: buterbrod nomi amerikaça ildizga ega: Amerikadagi Gamburg şahridan kelib çiqqan. 1885 yilda har yili ötkaziladigan Gamburg yarmarkasida (AQŞ) aka-uka Mençislar qovurilgan kotletni ikki bölak non orasida tortişgan. Mahsulotlar uçun Frenk va Çarlz çöçqa göştidan foydalanişgan, biroq u tugagaç, mol göştiga ötişgan.

Deyarli bir vaqtda (1885 yil) ikki qavatli kulça orasiga qiyma solingan buterbrodlar paydo böldi. Uning muallifi Seymurlik Çarli Nagrin (u ham AQşdan) öz ijod mahsulini «Çarli Gamburgeri» deb nomlagan. U bunday joylaştirilgan göştni yölda ham yeyiş qulay deb hisoblagan.

Foto: Pixabay

1891 yilda kelib çiqişi amerikalik bölgan (Talsa şahri) Oskar Veber Bilbi oilasi tomonidan gamburgerga mualliflik huquqi ularning ajdodlariga tegişli ekani aytilgan. Bu fikr şu darajada işonçli ediki, Oklaxoma ştati gubernatori 1991 yilda Talsa şahrini gamburgerning haqiqiy vatani deya tan olgan.