AQŞning Kaliforniya ştatida burgerlar töliq robotlar tomonidan tayyorlanadigan BurgerBots restorani oçildi, deb xabar beradi ABB Robotics.
Qayd etilişiga, restoranda IRB 360 FlexPickers va YuMi cobots robotlar tizimi örnatilgan bölib, ular 27 soniya içida burger tayyorlaşga qodir. Maşinalar kun davomida kotletlar, sous, salat, pişloq va boşqa masalliqlar bir xil tartibda joylaştirilgan şu kabi yuzlab taomlarni tayyorlay oladi.
Şu bilan birga, restoranda parallel ravişda töliq ştatda xodimlar ham faoliyat yuritadi. Ayni vaqtda robotlar monoton vazifalarni bajarmoqda: göşt maydalaş va kotlet qovurişdan tortib, tayyor burgerlarni patnisga uzatişgaça. Şundan söng, ofitsantlar tayyor buyurtmalarni olib ketib, mijozlarga xizmat körsatadi.
«Texnologiyamiz restoran biznesiga sanoat darajasidagi sifat va barqarorlikni olib kiradi. Robotlar xodimlarni oddiy, takroriy vazifalardan ozod qilib, mehmonlarda yoqimli taassurot qoldirişga e’tibor qaratiş imkonini beradi», — deydi ABB Robotics prezidenti Mark Segura.
Avvalroq yaponiyalik işlab çiqaruvçilar keksalar uçun turli murakkablikdagi parvariş vazifalarini bajara oluvçi robotni taqdim etgandi. 150 kilogrammli humanoid robot bemorlarning tagliklarni almaştiriş, yotoq yarasining oldini oliş uçun ularni ağdarib turiş, ularga ötirişga yordam beriş, paypoq kiydiriş, tuxum qovuriş, kiyimlarni taxlaş va boşqa maişiy yumuşlarni bajara oladi.












