Xorazmdagi qulab tushgan ko‘prikni ta'mirlash boshlandi
Joriy yilning 14 avgust kuni Xorazm viloyatidagi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-164 "Xonqa-Yangiariq-Chiqirchi-Xiva" avtomobil yo‘lining 6,1-kilometridagi "Qoraqosh" ko‘prigida avariya sodir bo‘lgan edi.
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xonqa va Yangiariq tumanlarini bog‘lab turgan, eni 14, uzunligi 24 metrdan iborat mazkur ko‘prik 1975 yilda qurilgan bo‘lib, 1989 yilda qatnov qismi har ikki tarafga 12 metrli plita bilan kengaytirilgan edi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mazkur ko‘prikda Xorazm ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tiklash ishlari boshlangan bo‘lib, bu ishlar bilan 20 nafar ishchi va xizmatchilar, 10ga yaqin maxsus texnikalar safarbar qilingan. Avtomobillar qatnovi uchun esa vaqtinchalik aylanma yo‘l tashkil etilgan.
14 avgust kungi ko‘ngilsiz voqea natijasida turli darajada jarohat olgan, Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish korxonasiga qarashli, davlat raqami 90 294 KAA yuk mashinasida bo‘lgan haydovchi va ishchilarga o‘sha kunning o‘zidayoq tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bugungi kunda ularga shifoxonadan uyiga javob berilgan hamda davolanib, o‘z vazifalariga kirishishgan.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024