O‘zbekiston | 10:47 / 27.08.2018
11900
6 daqiqa o‘qiladi

Qish-bahor davri uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jamg‘arish rejasi Toshkent shahri va yana uch viloyatda bajarilmagan

Foto: Dreamstime

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Iqtisodiyot vazirligining “2018–2019 yil qish-bahor mavsumida respublika aholisi va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2017-2018 yillari qish-bahor davri uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jamg‘arish davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kerakli hajmlarda saqlash uchun sovutgichli kameralar va omborxonalarning yetishmasligi natijasida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jamg‘arish rejasi Toshkent shahri (43,6%), Jizzax (88,2%), Sirdaryo (89,2%) va Toshkent viloyatlarida (97,6%) bajarilmagan. Ushbu kamchiliklar 2018-2019 yil qish va bahor mavsumida qaytarilmasligi choralari ko‘riladi, rejani bajarmagan Toshkent shahar va tegishli viloyat hokimliklari qat'iy ogohlantirilishi mumkin.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2018-2019 yil qish va bahor mavsumiga ichki iste'mol bozori maqsadlari uchun:

asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning tayyorlov tashkilotlari kesimida prognoz hajmlari;
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy korxonalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan hududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish prognoz hajmlari;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning reja-jadvali tasdiqlanishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning 1 sentabriga qadar 2018-2019 yillar qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini ta'minlaydi.

Tuzilgan shartnomalarning natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot beriladi.

2018-2019 yil qish va bahor mavsumi uchun ichki iste'mol maqsadlariga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arish va savdoga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.

Respublika ishchi guruhi (Mirzayev)ga:

qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hududlar kesimida zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlarini bajarilishi yuzasidan monitoring natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaxirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan hududlar hisobidan qoplash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

mahalliy hokimliklar hamda “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlovchi tashkilotlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini samarali tashkil etilishini nazorat qilish;

zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha talabnomani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga o‘z vaqtida taqdim etilishini, mablag‘larni ajratilishini va ularni maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;

zaxira maqsadlari uchun omborxonalar va sovutkichli sig‘imlar yetishmayotgan hududlarga boshqa hududlardagi ortiqcha sig‘imlarni biriktirish hisobiga mavsum davomida mavjud sig‘imlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish;

qish-bahor oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki iste'mol bozorida narxlar kon'yunkturasini doimiy monitoringini yuritish va o‘zgarishini bashorat qilish asosida narxlarning keskin tebranishini oldini olish maqsadida ilovalarga muvofiq tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini nazoratga olish va zarur hollarda unga tegishli tuzatishlar kiritish;

mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arishning belgilangan prognoz hajmlari va sotishga chiqarish tarmoq jadvallari bajarilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida zaxira maqsadlari uchun mahsulotlarni xarid qilish, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatiladi.

Mavzuga oid