Osiyo o‘yinlari. 28 avgust kuni O‘zbekiston kurashchilari o‘z ishtirokini boshlaydi (to‘liq ro‘yxat)
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 28 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 21 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 6 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.
Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.
Yengil atletika.
- N.Sharipova. 200 m.ga yugurish. Saralash. 07:45. Yarimfinal. 17:50
- Ye.Voronina. Ko‘pkurash (Balandlikka sakrash – 08:30, yadro uloqtirish – 14:45, 200 m.ga yugurish – 18:25).
- S.Hamidova. 5000 m.ga yugurish. 18:15.
Badiiy gimnastika. 13:00 – 18:00
- Sabina Toshkenboyeva, Nurinisso Usmonova. Yakkalik. Final.
Kurash
- O.Abdumajidova, G.Sulaymonova. 52 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 16:00
- R.Bo‘riyev, M.G‘aybullayev. 66 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 16:00
- N.To‘rayev, M.Hisomiddinov. 90+ kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 16:00
Boks
- J.Latipov. Chorak final. 11:00
- Sh.Abdurasulov. Chorak final. 11:45
- B.Baturov. Chorak final. 17:15
Ot sporti
- G‘.Nazarov, N.Tuyakboyev, U.Komilov, O.Sobirjonov. Jamoaviy. (1-bosqich. 06:00 – 08:00, 2-bosqich. 12:00 – 14:00
Sinxron suzish
- A.Morozova, A.Yeltasheva, D.Shomirzayeva. Saralashdan finalgacha. 08:00 – 09:00, 12:00 – 13:00
27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yettinchi kungi musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi bugun 3ta medal bilan kifoyalandi — 2 kumush va 1 bronza.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining yarim finaliga chiqish uchun Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘ynab, qo‘shimcha bo‘limlar oxirida penaltidan o‘tkazilgan gol tufayli 3:4 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi va turnirdan chiqib ketdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan, Sabina Toshkenboyeva, Nuriniso Usmonova, Dildora Rahmatova va Asal Ikromovadan iborat O‘zbekiston jamoasi 155,300 ball to‘plab, kumush medal bilan kifoyalandi.
O‘zbekiston karate jamoasining -50 kg vazn toifasidagi vakilasi Bahriniso Boboyeva Osiyo o‘yinlari kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Bugungi janglarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Og‘ir atletikaning +105 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan Jangaboyev dast ko‘tarishda 203 kg, siltab ko‘tarishda 252 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va 455 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
27 avgust kungi bahslaridan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 31taga yetdi — 6 oltin, 13 kumush va 12 bronza. O‘zbekiston umumiy reytingda 11-o‘rinni egallab turibdi.