Tez kunda O‘zbekiston-Xitoy biznes inkubatorlari, yoshlar savdo markazi ish boshlaydi!
Bugun «Umumjahon yoshlarni rivojlantirish forumi» ijrochi Prezidenti Si Lyu xonim boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev xitoylik mehmon bilan amaliy muzokara olib bordi. Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar siyosatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Tez kunlarda O‘zbekiston-Xitoy biznes inkubatorlari, yoshlar savdo markazi ishga tushadi, yoshlar turizmi rivojlantiriladi.
Ta'kidlash joizki, bu O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasining 2018 yil 15-22 iyul kunlari amalga oshirgan safarining dastlabki mevalaridan biridir. Jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam o‘rin egallagan Xitoy Xalq Respublikasi bilan yoshlar masalasidagi hamkorlik o‘z natijasini berishi, o‘zbek yoshlarining butun dunyo darajasida o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlarida alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Ertaga «Umumjahon yoshlarni rivojlantirish forumi» ijrochi Prezidenti Si Lyu xonim boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Respublikaning Farg‘ona, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-sonli Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, yoshlar masalalariga qaratilgan islohotlar, yangiliklar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtiriladi.
Jumladan, Marg‘ilon shahridagi «Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi» va «Ibrohimjon gilamlari» xususiy korxonasiga sayohat, Rishton tumanidagi yosh hunarmandlar ijodiy ko‘rgazmasi, Farg‘ona shahridagi «Yosh tadbirkorlar» kovorking markaziga tashrif uyushtiriladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024