O‘zbekiston | 12:00 / 27.08.2018
44023
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi (to‘la ro‘yxat)

Foto: Depositphotos

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasalliklar ro‘yxati haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning kasalliklar ro‘yxati

Quyidagi kasallikka chalingan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar:

tserebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turg‘un ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, xoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi);

tashxisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zo‘rayuvchi turlari);

kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi;

6 oy davom etadigan (surunkali) og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va xulq-atvor buzilishlari;

meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, partsial va generallashgan epileptik xuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning o‘rta, chuqur va og‘ir holatlari) turg‘un asoratlari;

ko‘zni ko‘rligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan);

tug‘ma va orttirilgan xarakterdagi bronx-o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga bog‘liq turi;

sil kasalligi surunkali kechishi (o‘pka, suyak va bo‘g‘imlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar). Sil kasalligi surunkali kechishi (o‘pka, suyak va bo‘g‘imlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar);

diabetik nefroskleroz;

inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli;

tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a'zolari oqmalari;

suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari;

qandli diabet (insulinga bog‘liq qandli diabet);

qandsiz diabet;

leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), havfli gistiotsitoz;

qon ishlab chiqarishning tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalar;

gemofiliya og‘ir turlari;

OIV infeksiyasining III-IV darajasi;

tug‘ma anomaliyalarning og‘ir turlari:

erkaklar – ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

ayollar – ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid