22:14 / 28.08.2018
2563

«Borussiya» Alkaser transferini e'lon qildi

Foto: Borussia Dortmund

«Barselona» hujumchisi Pako Alkaser Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tdi. 

Ispaniyalik futbolchi mavsum oxiriga qadar nemis klubi tarkibida ijarada o‘ynaydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, «Borussiya» ijara muddati tugagach, uni to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ldi.

Avvalroq, «Borussiya» D Alkaser ijarasi uchun 2 million yevro to‘lashi, keyinchalik uni 26 million yevroga to‘liq xarid qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Alkaser 2016 yilda «Valensiya»dan «Barselona»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Futbolchi kataloniyaliklar tarkibida jami 50ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi.

Top