Germaniya: gegemonning qulaşi röy bermadi

Borussiya D – Mayns 2:2
Gollar: 0:1 – 15 Xançe-Olsen, 0:2 – 24 Onisivo, 1:2 – 69 Gerreyru, 2:2 – 90+6 Zyule.
Borussiya D – Kobel, Hummels, Zyule, Ryuerson (Modest, 80), Gerreyru, Jan, Brandt (Dyuranvil, 62), Volf (Mukoko, 46), Malen (Reyna, 63), Aller, Adeyyemi (Roys, 40).
Mayns – Damen, Kasi, Bell, Xançe-Olsen, Fernandeş, Aaron Martin, Kor, Li Je Son (Ingvarsen, 66), Barreyro, Ştax (Barkok, 80), Onisivo (Mustafa, 90).

Kyoln – Bavariya 1:2
Gollar: 0:1 – 8 Koman, 1:1 – 81, penalti Lyubiçiç, 1:2 – 89 Musiala.
Kyoln – Şvebe, Şmits (Xuseynbaşiç, 62), Şabo, Xyubers, Xektor, Kayns (Şindler, 62), Sxiri, Lyubiçiç (Pedersen, 82), Mayna (Lemperle, 82), Martel, Zelke (Tilmann, 62).
Bavariya – Zommer, Pavar, Upamekano, de Ligt, Mazraviy (Musiala, 85), Kimmih, Gravenberh (Goretska, 71; Tel, 85), Myuller (Joau Kanselu, 62), Koman (Şupo-Moting, 71), Sane, Gnabri.

Bundesliganing sönggi turidagi intriga va «Bavariya» ta’qibçi rolida bölişi — oxirgi marta qaçon kuzatilgandi? «Biz yetarliça köp xatoga yöl qöydik va hozirda şunday vaziyatdamizki, bunda faqat özimizni ayblaşimiz mumkin», — dedi Tomas Tuxel. Myunxendagi faoliyati köplab savollar tuğdirayotgan murabbiy jamoa özi ğalaba qozonişidan taşqari taşqaridan ham yordam kerak bölişini — Dortmundda ham, Kyolnda ham — hamma narsa bölişi mumkinligini ta’kidladi.

Tomasning sözlari töğri bölib çiqdi. 8-daqiqada Koman töpni raqib darvozasining yuqori burçagiga yölladi va onlayn turnir jadvalida «Bavariya»ni birinçi öringa olib çiqdi. Keyin esa jamoaga taşqaridan ham yordam böla boşladi. Bir yil muqaddam 14 daqiqa içidagi uç gol bilan myunxenliklarni nokaut qilgan (3:1), keyin esa qatorasiga tört öyinda yutqazgan «Mayns» poygadagi ikkinçi favoritga muammolar tuğdirdi.

Mehmonlar avvaliga burçak jarima zarbasidan hisobni oçişdi. Keyin — jarima maydoni içida Rafael Gerreyruni yiqitişganida va VAR boş hakamga monitorga kelib vaziyatni tekşirişni tavsiya qilganida — Allerning oyoği penalti ijro etişda qaltiradi. «Asalarilar» «Mayns»ni jarima maydoniga qamab qöygandek tuyulganida, raqib qarşi hujumga çiqdi. «Borussiya»ning ikki markaziy himoyaçisi Onisivoni darvoza qarşisida böş qoldirişdi va u osonlik bilan töpni darvozaga joylab, stadiondagi muxlislar ustidan sovuq suv quydi.