Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari tölov-şartnoma asosida tahsil olişning yangi öquv yili uçun joriy qilingan qimmatlaşgan badal miqdorini salbiy munosabatda qarşi olişdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda #dipkontraktdown heştegi orqali va “Biz kontrakt oşişiga qarşimiz” şiori ostida öz noroziliklarini ifodalamoqdalar.

Avvalroq JIDUda tölov-şartnoma narxlari 100% ga kötarilgani haqida ma'lumot bergan edik. Unga köra, talabalar stipendiya olmagan taqdirda 18 mln, odatiy holda esa 22 mln tölaşlari talab etiladi.

Universitet rahbariyatining tuşuntiriş berişiça, prezidentning 2018-yil 21-iyundagi 3795-sonli qaroriga binoan, universitetga kontrakt narxlarini 3 barobargaça oşiriş huquqi berilgan. Bundan közlangan maqsad oliygohdagi professor-öqituvçilarning oylik maoşlarini tizimli kötariş va çet eldan tajribali, öz sohasining yetuk öqituvçilarini jalb etiş bölgan. Misol uçun, universitetda fan doktori darajasiga ega professorlarning maoşini bir yil içida 6 million sömga qadar kötariş rejalaştirilgan.

Yangi öquv yili boşlanişiga sanoqli kunlar qolganida e'lon qilingan bu yangilik talabalarning ommaviy noroziligini keltirib çiqardi. Telegram guruhida yarim kun içida 800 nafardan ziyodroq talaba mazkur masalani muhokama qiliş uçun yiğilgan. Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda JIDU talabalari tomonidan #dipkontraktdown heştegi ostida qöyilgan postlarda qarşilikning asosiy sabablarini köriş mumkin:

“Men JIDU talabasiman va bundan sözsiz faxrlanaman. Ammo bir vaziyat meni qayğuga solmoqda: 2018-2019 öquv yiliga belgilangan kontrakt narxi – 22 116 000 söm – juda katta qiymat. Oilada men va mening egizagim kontrakt asosida öqiymiz. Kelajakda davlatimizga kerakli kadr bölişimiz uçun, ota-onamiz bizga nufuzli oliy öquv yurtlarida tahsil olişimizga imkon berişgan bölsa-da, ular hozir katta moliyaviy muammoga duç kelişdi. Biz bu qarorni qayta körib çiqişni söraymiz!”

“Qadrli döstlar, 22 million - bu endi çegaradan ötiş. Avvaliga 9 million söm ham qiyin edi, keyin 11 million böldi. Endi esa 22 000 000. Ular yangiliklarni xohlayotganini tuşunaman, lekin bu qadar emas! Men özim öqişdan söng keçqurungaça işlayman va topgan pulim kontraktning çorak qismini tölaşga bazör yetardi. Agar kontrakt tölaş uçun işlayotgan bölsangiz, öqişga qanday vaqt ajratiş mumkin? Xorijga şu sabab çiqib ketişyapti aslida…”

“Umuman olganda oylikni oşirişni nima keragi bor, agar baribir kontrakt ham oşib, bor puli kontraktga tölanadigan bölsa? Nominal oylik oşmoqda, lekin real oylik aksinça tobora pasayib bormoqda. Kontrakt oşganligi haqidagi xabar “fake” bölib çiqişiga juda işongim kelyapti.”

Kontrakt narxi ikki barobar oşgan bölsa-da, stipendiya miqdorining bor-yöği 7% ga kötarilgani ham talabalarning e'tiroziga sabab bölmoqda. Öqituvçilarning oyligi kötarilgani quvonarli albatta, lekin buni töliq talabalarning hisobidan amalga oşiriş qançalik töğri?

Ayni paytda bu norozilik heşteglari boşqa oliygohlar talabalari orasida ham tarqalmoqda.