Farmonga köra, 2026 yil 1 fevraldan Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoşlar uçun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:

  • safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul ötaş tartibi joriy etiladi, uşbu maqsad uçun alohida subsidiya ajratiş amaliyoti esa bekor qilinadi;

“Yoşlar daftari” jamğarmalari orqali:

  • avtomototransport haydovçilarini tayyorlaş öquv kursi xarajatlarini qoplaş böyiça subsidiya haydovçilik guvohnomasining A, B, D va DE toifalarini oliş uçun tölab beriladi;
  • kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlari öquvçi-talabalarining tölov-kontrakt summasi 50 foizgaça qismi tuzilgan ijtimoiy şartnoma şartlarini bajariş darajasidan kelib çiqib tölanadi hamda bu miqdor 1 öquv yili uçun BHMning 50 baravaridan oşmasligi lozim;
  • ayni bir şaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan köpi bilan 2 marta foydalanişi mumkin.

Mazkur tartib yoşlarning kasb-hunar egallaşi, oliy va kasbiy ta’limga qöşilganlik darajasini oşiriş, şu bilan birga, ijtimoiy yordamni manzilli va şarti aniq bölgan mexanizmlar orqali taqdim etişga xizmat qilişi belgilanmoqda.