Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan 1-kurs talabalariga kontrakt tölaş muddati uzaytirildi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Qayd etilişiça, 2024/2025 öquv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uçun tölovlarni amalga oşiriş va talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar (şu kuni ham) uzaytirildi:
- bazaviy yoki tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar (1-kurs);
- PF–213-son farmoni asosida qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun ajratilgan qöşimça qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurs);
- öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
- qabul parametri doirasida öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
- tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt (super) asosida öqiş istagini bildirganlar, ular uçun belgilangan bir yillik öqitiş qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi tölovlarni amalga oşirişi lozim.
Amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori kurs talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.

















