Lavrov Rossiya tashqi siyosati va sanksiyalarga qanday javob berilishi haqida bayonot bilan chiqdi
Rossiyaning tashqi siyosati mafkuraviy bo‘yoqlarga ega emas. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA «Novosti».
«Shuni alohida ta'kidlashni istardimki, Rossiya manfaatli qiziqish bildirayotgan barcha sheriklar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga tayyor. Biz sheriklarimiz qanday hajmga rozi bo‘lsa, o‘sha darajada hamkorlikka tayyormiz», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Lavrov Rossiyaga Yevropadagi qator davlatlarda hokimiyat tepasiga «populistlarning» kelishi qulaymi, degan savolga javob qaytarib, Moskva «bunday tushunchalar tizimida fikr yuritishga urinmayotgani» haqida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga boshqa mamlakatlarda hokimiyat tepasidagi kuchlarning partiyasi yoki mafkuraviy jihati unchalik muhim emas.
«Amaliy nuqtai nazardan qaraganda, Rossiya tashqi siyosati mafkuraviy bo‘yoqlardan mahrumdir», - deya ta'kidladi u.
Shuningdek, Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Rossiya Vashingtonning «Skripallar ishi» tufayli joriy qilgan sanksiyalariga o‘zaro javob qaytarish tamoyili asosida reaksiya bildiradi.
«O‘z navbatida, biz tinch va pragmatik harakatlarni davom ettiramiz hamda barcha hujumlarga o‘zaro javob qaytarish tamoyili asosida reaksiya bildiramiz», - deya ma'lum qildi u.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya bilan ultimatumlar tilida gaplashishga urinish istiqbolsizdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Rossiyaning Yaqin Sharq bo‘yicha bayonotini rad etgandi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024