Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Rossiyaning Yaqin Sharq bo‘yicha bayonotini rad etdi
Pentagon Rossiya tomonining AQSh raketa zarbasi berish maqsadida Suriyaga o‘z kuchlarini ko‘chirayotgani haqidagi bayonotini rad etdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Rossiya tomonining AQSh O‘rta Yer dengizi sharqiy qismida harbiy qudratini mustahkamlayotgani haqidagi xabarlar asossiz. Bu yolg‘on ma'lumot. Biroq, bu prezident shunday buyruq beradigan bo‘lsa, biz harakat qilishga tayyor emasmiz, degani emas. Yaxshi bilasizlarki, biz bo‘lajak harbiy harakatlar yoki Asad kimyoviy qurol qo‘llaydigan bo‘lsa, bunga bizning reaksiyamiz qanday bo‘lishi yoxud bo‘lmasligi haqida gapirayotganimiz yo‘q», - deya aytib o‘tdi Amerika mahkamasi vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Suriya rejimi Idlibdagi oddiy aholi va fuqarolik obektlarini hujum qilishi mumkinligi haqida ochiq manbalardan kelayotgan xabarlardan hamon juda tashvishda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va Suriya harbiy hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvga erishgani xabar berilgandi.