Jamiyat | 14:14 / 29.08.2018
6392
2 daqiqa o‘qiladi

G‘ijduvon tumanida bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Bolalar salomatligiga e'tiborsiz bo‘lmaslik-sog‘lom kelajakni ta'minlash demakdir. Buxoro viloyatida ushbu masalaga alohida mas'uliyat bilan yondoshilmoqda.Respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan yuqori malakali olim va shifokorlar hamda Buxoro viloyatidagi mutaxassislar hamkorligida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida 17 avgust kunidan e'tiboran 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy shtab boshlig‘i Ro‘ziyeva Nilufar Karomatovna rahbarligida amalga oshirilmoqda.

Tibbiy ko‘rikda “Armichan”, “Xaticha”, “G‘ovshun”, “Pozagari”, “Ulfatbibi” MFYlarida yashovchi aholining jami 683 nafar 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari nevropatolog, xirurg, urolog, ginekolog, oftalmolog, LOR, pediatr, ortoped, bolalar kardiorevmatologi va UTT mutaxassislari tomonidan chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan bemorlar tuman, viloyat va respublika salomatlik markazlarida sog‘lomlashtirish rejasiga asosan o‘z sog‘liklarini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mavzuga oid