Jahon | 20:54 / 29.08.2018
3277
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada yong‘in tufayli paromdan mingdan ziyodroq odam evakuatsiya qilindi

Foto: Sputnik

Gretsiyada bortida mingdan ko‘proq odam bo‘lgan Eleftherios paromida yong‘in chiqdi. Bu haqda ANA grek axborot agentligi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, paromdan 875 yo‘lovchi va ekipajning 141 a'zosi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq ba'zi yo‘lovchilar shifoxonaga ko‘rik uchun jo‘natilgan.

Parom Krit shimolidagi Xanya shahriga suzayotgan bo‘lgan. Bortdan evakuatsiya qilinganlar Pirey shahriga yetkazilgan.

Evakuatsiya qilish operatsiyasida sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining 9 qayig‘i, 3 yo‘lovchi kemasi va shatakka oluvchi katerlar ishtirok etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid