Sport | 13:00 / 29.08.2018
7780
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik kurashchilar birinchi bosqichdan o‘tishdi

Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslarning ikkinchi kuni boshlandi.

Bugun musobaqalarda O‘zbekiston kurashchilar jamoasining 4 nafar vakili ishtirok etmoqda.

Dastlab -63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova saralashda afg‘onistonlik Ramziya Saididan ustun keldi (10:0) va nimchorak finalga chiqdi.

Uning navbatdagi raqibi vetnamlik Nguen Ti Tan Tram bo‘ladi.

Shu vazn toifasidagi Dildor Shermetova Filippin vakili Tener Noyemini 10:0 hisobida mag‘lub etib, saralashdan o‘tdi.

U nimchorak finalda afg‘onistonlik Nafisa Ahmadiga qarshi gilamga chiqadi.

-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov esa saralash bosqichida yamanlik Mater Ziyod ustidan qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi - 1:0.

Shomurodov qozog‘istonlik Sulton Jonibek bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bellashadi.

O‘zbekistonning to‘rtinchi vakili, -81 kg vazn toifasidagi Muso Sobirov hindistonlik Tokas Manish ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, nimchorak finalga chiqdi.

U endi tojikistonlik Xojazoda Behruzi bilan kuch sinashadi.

Mavzuga oid